11:16 / 15.01.2022
1 660

JSST koronavirusni davolashda qo‘llash uchun ikkita yangi dorini tavsiya qildi

JSST koronavirusni davolashda qo‘llash uchun ikkita yangi dorini tavsiya qildi
Foto: Getty Images
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolash uchun baritsitinib va ​​sotrovimabni tavsiya qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

JSST bayonotiga ko‘ra, revmatoid artritni (bo‘g‘imlarning autoimmun kasalligi) davolashda foydalaniladigan baritsitinib preparatini COVID-19 ning og‘ir shaklini boshdan kechirayotgan bemorlarni davolash uchun kortikosteroidlar bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi.

Sotrovimab — monoklonal antitanalarga asoslangan vosita esa kasalxonaga yotqizilish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda (keksalar, qandli diabet, gipertoniya va semizlikdan aziyat chekuvchi shuningdek, emlanmaganlar) kasallikning yengil va o‘rtacha holatlarida qo‘llanilishi mumkin.

Tashkilot saytida aytilishicha, ushbu tavsiyalar COVID-19 ning yengil, og‘ir va o‘ta og‘ir shakllari bilan kasallangan 4000 dan ortiq bemor ishtirokidagi yettita tadqiqot ma’lumotlariga asoslanadi.

Daromadi kam mamlakatlarda ham foydalanish imkoniyatini oshirish uchun ushbu dori-darmonlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan JSSTning tibbiy mahsulotlar sifati, samaradorligi va xavfsizligini baholaydigan dastlabki kvalifikatsiya jarayonini yakunlash so‘ralgan.

Dekabr oyida Xitoyda koronavirusga qarshi qo‘llash uchun antitanalarga asoslangan preparat tasdiqlangandi. Shuningdek, Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 ga qarshi Amerikaning Merck va Ridgeback Biotherapeutics kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan antivirus tabletkalarini ma’qullagani xabar qilingan.

Amerikalik olimlar esa koronavirusga qarshi qo‘llaniladigan saqich ishlab chiqqan. Ishlanma mualliflaridan biri Genri Daniyelning tushuntirishicha, virus so‘lakda ko‘payadi. «Saqich so‘lakdagi virusni zararsizlantiradi — bu esa kasallikning bunday tarzda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikning oddiy potensial yo‘li», — deydi olim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST koronavirusni davolashda qo‘llash uchun ikkita yangi dorini tavsiya qildi