09:35 / 18.01.2022
1 334

Selfi-fotolarini million dollarga sotgan yigit

Selfi-fotolarini million dollarga sotgan yigit
Foto: «Vice»
Indoneziyalik 22 yoshli talaba yigit o‘z selfi-fotolarini NFT platformasi orqali million dollardan qimmatroqqa sotdi.

Foto: AFP
«Selfilarim birovni qiziqtiradi, deb o‘ylamagandim», — dedi yigit.

Talaba avvaliga har bir fotosuratni atigi 3 dollardan narxlagandi. Selfilari soni esa sanoqsiz edi. Gap shundaki, u erinmay oxirgi besh yil davomida deyarli har kuni kompyuter qarshisida o‘tirib, o‘zini suratga olgan. Maqsadi bitiruv kechasiga deyarli 1000 ta selfi-fotodan videorolik tayyorlash edi. Ammo rejasi o‘zgarib ketdi.

Talaba OpenSea saytida joylagan selfilarga indoneziyalik bir mashhur qiziqish bildirganidan so‘ng uning selfilari to‘plami umumiy qiymati 317 efir (kriptovalyuta)ga yoki 1 million AQSH dollaridan ziyodroqqa qimmatlashdi. Qiziqish eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan paytda bitta selfining narxi 0,9 efir — taxminan $3000ni tashkil etdi.

Talaba yigit o‘z fotolarini sotib olganlardan ulardan suiiste’mol qilmasdan foydalanishni iltimos qildi — aks holda ota-onasining jahli chiqadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Selfi-fotolarini million dollarga sotgan yigit