Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev agar bir oy ichida “Samruq-Qazina” milliy farovonlik jamg‘armasi xaridlarida oshkoralik va shaffoflik bilan bog‘liq muammolar hal etilmasa, qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
“Raqobatsiz usuldagi xaridlar ulushi hamon katta. Import mahsulotlarni Qozog‘iston mahsuloti deb o‘tkazadigan bir kunlik kompaniyalar uchun qat’iy filtr mavjud emas. Bu muammolarni zudlik bilan hal qilish kerak. “Samruq-Qazina” jamg‘armasining xaridlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Parda ortidagi ishlar, noshaffoflik, oshirilgan narxlar – mana shularni zudlik bilan hal qilish kerak”, – dedi Qozog‘iston rahbari mahalliy biznes vakillari bilan uchrashuvda.
Prezident, shuningdek, “Samruq-Qazina” jamiyati raisi Almasadam Satqaliyev bilan suhbatlashgani, agar jamg‘armani isloh qilmasa, ishdan bo‘shatilishini bildirdi.
“Samruq-Qazina” milliy farovonlik jamg‘armasining yagona aksiyadori Qozog‘iston hukumati hisoblanadi. Jamg‘arma Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning tashabbusi bilan 2008 yilda tashkil etilgan tijorat tuzilmasi bo‘lib, uning vazifasi respublikaning milliy farovonligini oshirish va milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Jamg‘arma portfelidagi kompaniyalar qatoriga Air Astana, “Qazmunaygaz” milliy neft-gaz kompaniyasi, “Qazatomprom” kompaniyalari va Qozog‘iston temir yo‘llari kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi