1 149
Suriyada ISHID jangarilari va kurdlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda yuzdan ortiq odam halok bo‘ldi
Kurdlar ikki kun avval Suriyadagi Xasaka shahrida Gvayran qamoqxonasini egallagan va u yerdagilarni (bolalar ham bor) garovga olgan ISHID jangarilarini hududda siquvga olgan. Bu haqda France24 xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSH qurollari va kiyimlaridagi kurd otryadlari besh kundan beri ISHID terrorchilariga qarshi jang olib bormoqda. 20 yanvarda 100 ga yaqin jihodchilar Gvayrandagi qamoqxonaga hujum uyushtirgan va u yerdagi mahbuslarni, xususan, o‘z sheriklarini ozod qilishga uringan. Janglar oqibatida 160 ga yaqin odam halok bo‘lgan va ular orasida 45 nafari kurdlar. Shuningdek, yetti nafar tinch aholi vakillari ham halok bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra 24 yanvarda 300 ga yaqin jangarilar hukumat qo‘shinlariga taslim bo‘lgan, ammo qamoqxonada 100 dan ziyod jihodchilar 30 ga yaqin odamni garovda ushlab turibdi.
25 yanvar kuni kurdlar jangarilar bilan ichkariga shifokorlarni kiritish va yaralanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan muzokaralar olib borgan. Kurdlar terrorchilarning asirlarni va qamoqxona qo‘riqchilarini ozod qilishni so‘ramoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas