Rossiya hukmron partiyasi Donetsk va Luganskka qurol yuborish tashabbusi bilan chiqdi

Rossiya hukmron partiyasi Donetsk va Luganskka qurol yuborish tashabbusi bilan chiqdi
Foto: TASS
Rossiya hukmron partiyasi bo‘lmish «Yedinaya Rossiya» fraksiyasi yetakchisi Vladimir Vasilyev Dumada chiqish qilib Donetsk va Lugansk viloyatlariga qurol yuborish tashabbusi bilan chiqdi. Vasilyev bu borada mamlakat rahbariyatiga taklif bildirgan.

«NATOning oxirgi vaqtlarda amalga oshirayotgan harakatlari nafaqat xavotirli, balki real xavf tug‘diradigan holatga keldi. Bir tomondan dunyo OAVlarida jazavali chiqishlar qilib, boshqa tomondan Ukrainani qurol bilan ta’minlashga zo‘r berishyapti. Ukrainaga uchuvchi qurollar, ularni ishlatishni o‘rgatuvchi instruktorlar va ko‘plab o‘qdorilab yuborilmoqda. Bu tinch aholiga qarshi harbiy harakatga tayyorgarlikdan dalolat.

Vashingtonda bu borada aqlli qaror qilinishini kutdik, lekin ular faqat sanksiyalar haqida gapirmoqda. G‘arbning Ukrainadagi harakatlari natsizmni eslatib yubormoqda. Shu sabab Donetsk va Lugansk respublikalariga harbiy qurollar ko‘rinishida yordam yuborishni, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun kerakli ishlarni qilishini so‘rab Rossiya hukumatiga murojaat qilamiz
», degan Vasilyev.

Donetsk va Luganskka harbiy yordam yuborish tashabbusi bilan oldinroq «Yedinaya Rossiya» bosh kengashi kotibi Andrey Turchak chiqqandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar