Foto: Reuters
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning Instagram’dagi sahifasida siyosatchi o‘zining «Rosfinmonitoring» tomonidan terrorchi va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilganini izohlagan post paydo bo‘ldi.
«Yangilik haqida xabar berishdi: endi men butunlay terrorchiman. Ya’ni kechagi kundan boshlab rasman terrorchilar ro‘yxatiga kiritildim. Umuman hayron qolmadim. Nima uchunligini bilasizmi? Chunki kecha va undan oldingi kunlari gubernator Qodirovning qo‘l ostidagilar Nijniy Novgorodda federal sudyaning xotinini qorda yalangayoq sudrab, o‘g‘irlab ketganini o‘qib, hayron qolgandim…
Va bularning barchasini «jin ursin, bunaqasi bo‘lishi mumkin emas», deya o‘qidim. Shu jumladan, men sudyaga ‘siz jinoyat huquqini butunlay buzdingiz’, deganim uchun ayni vaqtda menga nisbatan jinoyat ishi sudga oshirilmoqda. Shunchaki gapirganman, hech kimni o‘g‘irlamadim, qorda sudramadim. Lekin — jinoyat ishi», — deyiladi postda.
Navalniyning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyadagi mavjud hokimiyat tizimida faqat «terrorchilar» bo‘lishi mumkin. «Hayron qoladigan narsa yo‘q», — deydi u.
25 yanvar kuni rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy terrorchilar va ekstremistlar reyestriga kiritilgan edi. Navalniy bilan birga, uning sheriklari — Lyubov Sobol, Georgiy Alburov, Vyacheslav Gimadi, Ruslan Shaveddinov va Liliya Chanisheva ham reyestrdan joy olgan. Ta’kidlanishicha, reyestrga kiritilgan shaxslarning banklardagi hisob raqamlari «muzlatiladi».
Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Yangulboyevlar oilasini «terrorchilarning sheriklari» deb atagan va ularni hibsga olishni, «qarshilik ko‘rsatsa, yo‘q qilishni» talab qilgandi.
Sudyaning o‘g‘li Abubakir Yangulboyev «Dojd» telekanali efirida Qodirovning so‘zlariga fikr bildirar ekan, Rossiya prezidentiga Checheniston rahbariyatini almashtirish taklifi bilan murojaat qildi.
20 yanvar kuni Saydi Yangulboyev va Zarema Musayevaning Nijniy Novgoroddagi xonadoniga o‘zlarini Checheniston huquq-tartibot idoralari xodimlarimiz deb tanishtirgan niqobli qurollangan shaxslar bostirib kirgan. Ular oilani Chechenistonga qarshi firibgarlik ishi bo‘yicha guvoh sifatida keltirish qarorini ko‘rsatgan, shundan so‘ng Musayevani kuch bilan olib ketgan. Yangulboyevning o‘zi sudyalik guvohnomasini ko‘rsatgani uchun olib ketilmagan.
Sudyaning yana bir o‘g‘li Ibragim Yangulboyevning aytishicha, ularning oilasi Checheniston hukumatini ochiq tanqid qilgan matbuot ma’muri bo‘lgani uchun ta’qib qilinmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2015 yilda uni otasi va akasi bilan birga o‘g‘irlab ketishgan va Qodirovning qarorgohiga olib borishgan. U yerda oila jumladan, Checheniston rahbarining shaxsan o‘zi tomonidan kaltaklanib, qiynoqqa solingan,
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Zarema Musayevaning o‘g‘irlanishi haqidagi voqeani «fantastik voqea» deb hisoblab, unga munosabat bildirmasligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas