1 699
2022 yilda oltin narxi qaysi tomonga o‘zgaradi va bu O‘zbekistonga qanday ta’sir o‘tkazadi?
Foto: Bloomberg
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 19 yanvar kuni oltin narxi noyabr oyining o‘rtalaridan beri maksimal darajagacha ko‘tarilgan. Bir unsiya bahosi bir kunda 27 dollardan 1840 dollargacha qimmatlashgan, 20 yanvar kuni sotuvlar boshida esa oltin narxi bir unsiya uchun 1844,15 dollarga yetgan.
Oltin narxini belgilovchi omillardan biri Amerika regulyatori siyosati hisoblanadi. AQSHning Federal zaxira tizimi rahbarlari o‘zlarining oxirgi bayonotlarida joriy yilda uchta asosiy stavkaning oshishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.
Jahon oltin kengashi (WGC) tahlilchilarining qayd etishlaricha, boshqa regulyatorlar bunday qat’iy yo‘l tutmaydi. Masalan, Yevropa markaziy bankining ta’kidlashicha, 2022 yilda ular uchun foiz stavkalarini oshirish inflyatsiya haqidagi rekord darajali so‘ngi ma’lumotlarga qaramasdan «ehtimoldan juda yiroq»dir.
Angliya banki dekabrda foiz stavkalarini oshirdi, ammo uning Pul siyosati bo‘yicha kengashi kelgusida narxlarni minimal darajada ko‘tarishni rejalashtirayotganga o‘xshaydi, deyiladi WGC hisobotida.
Xitoy xalq banki tijorat banklarining majburiy zaxira normalarini kamaytirishi bilanoq, mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyatni yumshatish uchun dekabr oyida asosiy hisob stavkalaridan birini qisqartirdi.
Shuningdek, kengashning ta’kidlashicha, ba’zi markaziy banklar tomonidan narxlarning oshirilishi ehtimoliga qaramasdan, narxlar baribir past bo‘lib qolaveradi, natijada sifatli likvid aktivga, masalan, oltinga bo‘lgan talab oshadi.
Tarixdan olib qaralganda, oltin yuqori inflyatsiya sharoitlarida o‘zini yaxshi ko‘rsata oladi. Inflyatsiya 3 foizga yetgan yillarda oltin narxi o‘rtacha 14 foizga ko‘tarilgan, — deb belgilaydi WGC.
«Otkritiye Research»ning taxminiga ko‘ra, 2022 yilning birinchi choragida oltin bozorida qizg‘in palla kuzatilishi mumkin, ammo ikkinchi chorakdan boshlab sust mavsumiy talab va AQSH davlat xazinasi qimmatli qog‘ozlarining real o‘sishi ehtimoli sabab, bir unsiya narxi yiliga o‘rtacha 1690 dollargacha pasayishi kutilmoqda (ya’ni 6,4 foizga pasayishi mumkin).
2022 yilda oltin bozoridagi minimal qiymat uchinchi chorakning oxiri va to‘rtinchi chorakning boshiga kelib barqarorlashishi, yil so‘ngiga kelib esa yuqoriga ko‘tarilishi ehtimoli mavjud.
Oltin O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Oltin bo‘yicha jahon narxlari mamlakatdagi hayotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Birinchidan, oltin respublikaning asosiy eksport tovarlaridan biri hisoblanadi. Avvalgi yillarda uning ulushi 50 foizgacha o‘sgan edi.
2021 yilda vaziyat o‘zgardi. Garchi oltin ulushi 24,7 foizgacha kamaygan bo‘lsa-da, u tashqi savdo-sotiqda muhim ahamiyatga egadir (hajmi bo‘yicha faqat sanoat tovarlaridan keyingi o‘rinda turadi).
Ko‘plab oltin ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda uni mamlakatning o‘zi eksport qiladi, ammo O‘zbekistondagi yagona sotuvchi – bu Markaziy Bank (MB) bo‘lib, ishlab chqaruvchilardan (masalan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan) oltinni sotib oladi va uni boshqa mamlakatlarga (asosan Shveysariyaga) eksport qiladi. Markaziy Bankda aytishlaricha, oltin, uning narxi qimmatlashgan paytida sotilar ekan.
Ikkinchidan, O‘zbeksiton zaxiralarining katta qismi aynan oltindan iborat. Ushbu zaxiralar sug‘urta yoki «xavfsizlik yostiqchasi» hisoblanadi. Deyarli barcha mamlakatlar favqulodda vaziyatlarda kerak bo‘ladigan o‘zining zaxirasiga ega.
Turli mamlakatlar o‘z zaxiralaridan turlicha foydalanadi. Odatda bu to‘lov balansi yetishmovchiligini moliyalashtirish, valyuta bozorida intervensiya o‘tkazish, milliy valyuta kursini saqlash, tashqi qarzni qoplash va h.k.lar bo‘lishi mumkin.
Xalqaro tashkilotlar rivojlanib borayotgan mamlakatlarga, shu qatorda O‘zbekistonga ham 3 oylik importni moliyalashtirishga yetadigan o‘z zaxirasini saqlashni tavsiya qiladi.
Hozirda O‘zbekistonga 15 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun 35 mlrd dollar mablag‘ yetarli. Bunday ko‘rsatkich esa ishonchli hisoblanadi.
Uchinchidan, Markaziy Bankda ta’kidlashlaricha, qimmatbaho oltin davlat budjeti daromadlari, shu jumladan oylik maoshlar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy sarf-xarajatlar uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday fikrni xalqaro tashkilotlar ham tasdiqlaydi. Masalan, Xalqaro valyuta fondi oltin narxining o‘zgarib turishini O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tahlikalari vaziyatlardan biri deb ta’kidlaydi.
To‘rtinchidan, oltin narxining oshishi oltin qazib oluvchi korxonalardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining o‘sishiga xizmat qiladi. Bu esa bir necha trln so‘m degani.
Beshinchidan, oltin O‘zbekistonliklar uchun jamg‘arma va sarmoyalarning eng maqbul usullaridan biridir. Avvalroq O‘zbekistonda qanday qilib oltinni qonuniy sotib olish haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Shomurodov va Shukurov KXDRga qarshi o‘ynamaydi