16:35 / 29.01.2022
1 077

Zelenskiy G‘arb diplomatlarining Ukrainadan evakuatsiya qilinishini xato deb atadi

Zelenskiy G‘arb diplomatlarining Ukrainadan evakuatsiya qilinishini xato deb atadi
Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ba’zi G‘arb davlatlarining ehtimoliy Rossiya bosqini tufayli Ukrainadan diplomatlari va ularning oilalarini evakuatsiya qilishni boshlash to‘g‘risidagi qarorini xato deb hisoblaydi. Bu haqda Zelenskiy xorijiy OAV vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda «Ukrainskaya pravda».

«Ha, buni xato bo‘ldi deb, hisoblayman. Ochig‘ini aytaman. Bu hurmatli davlatlar hukumatlarining xatosi, deyishga haqqim yo‘q. Fikrimcha, bu biz uchun, Ukraina uchun xato. Diplomatlardan evakuatsiya qilinganlar birinchi darajali xodimlar emas, qabilida signal oldik. Men bunday deb o‘ylamayman. Bunday vaziyatda hamma birinchi darajali. Hamma o‘z joyida bo‘lishi kerak», — deydi Ukraina rahbari.

Zelenskiy elchixona xodimlarining evakuatsiya qilinishini «muhim signal» deb atadi.

«Hamma shunga qaramoqda, Yevropa Ittifoqining qaysi davlatlari, Britaniya va AQSH qanday munosabat bildirayotganini hamma tushunib turibdi. Menimcha, elchixona xodimlari va diplomatlar shu yerda bo‘lishi kerak. Ular diplomatiya kapitanlari. Ular davlatlarining vakillari va bilamizki, kapitanlar kemani eng oxirida tark etadi. Biz ‘Titanik’ emasmiz. Ukraina oldinga intilmoqda», — deya ta’kidladi Zelenskiy.

«UNIAN» xabariga ko‘ra, Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ehtimoli yuqori ekaniga ishonishini aytdi, ammo vahima qo‘zg‘atmaslikka yana bir bor chaqirdi. Unga ko‘ra, Rossiyaning ehtimoliy hujumi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lgach, Ukraina iqtisodiyotidan 12,5 milliard dollar boy berilgan.

Bu kabi qiyinchiliklarga davlatimizning yolg‘iz o‘zi dosh berolmaydi. Davlat zaxiralaridan milliy valyutamizni barqarorlashtiryapmiz, shu sababli bu Ukrainaga juda qimmatga tushadi, bu biroz muvozanatsiz axborot siyosati.

Hatto davlatlarning hurmatli rahbarlaridan ham signallar keldi, ular diplomatik tilda ham emas, ochiqchasiga «Ertaga urush bo‘ladi» deyishdi. Bu — vahima. Bozorlarda vahima, moliyaviy sektorda vahima. Bu bizning davlatimizga qanchaga tushadi?

24 yanvar kuni AQSH Davlat departamenti Amerikaning Kiyevdagi elchixonasi xodimlarining bir qismini, oilalarini esa to‘liq evakuatsiya qilmoqchiligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Davlat departamenti AQSH fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi. Buyuk Britaniya va Avstraliya ham Kiyevdagi diplomatlarining oilalarini evakuatsiya qilishni boshladi.

Vladimir Zelenskiy avval ham ikki marta ukrainaliklarga Rossiya bosqinining ehtimoli yuzasidan murojaat qilgan. U xalqini vahimaga berilmaslikka chaqirgan.

27 yanvar kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligida Moskva «hatto rus va ukrain xalqi o‘rtasida urush bo‘lishi haqidagi g‘oyani nomaqbul deb hisoblashi» ma’lum qilindi. 28 yanvar kuni Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin «Rossiya Ukraina bilan urushmaydi», biroq bu «davlatlarimizni bir-biriga qarshi qayrash uchun hamma ishni qilayotgan Vashingtonni qanoatlantirmaydi» dedi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy G‘arb diplomatlarining Ukrainadan evakuatsiya qilinishini xato deb atadi