Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden «Tolibon» hukumatining qonuniyligi masalasini ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan dastlabki shartni aytdi. Bu haqda Oq uy saytidagi bayonotda ma’lum qilingan.
Bayden «Tolibon»dan 2020 yilda Afg‘onistonda qo‘lga olingan AQSH harbiy dengiz kuchlari faxriysi Mark Frerixsni ozod qilishni talab qildi va shundan keyingina toliblar hukumatini qonuniylashtirish muhokamasi boshlanishi mumkinligini aytdi.
«‘Tolibon’ ularning qonuniylikka intilishlari borasidagi har qanday masalaning ko‘rib chiqilishiga umid qilishdan avval Markni zudlik bilan ozod qilishi kerak. Bu masalada hech qanday muzokaraga o‘rin yo‘q», — dedi Bayden.
Bayonotga ko‘ra, Frerixs 2020 yilning fevral oyi boshida Kobulda g‘oyib bo‘lgan. U Afg‘onistonda o‘n yil quruvchi-muhandis bo‘lib yashagandi.
Baydenning aytishicha, Illinoys shtatida tug‘ilgan Frerixsning oilasi «uqubatli ikki yilni boshidan kechirgan, uning xavfsizligi uchun ibodat qilgan, qayerdaligi va ahvoli qanday ekani haqida har xil gumonda bo‘lgan va uning qaytishini tilagan». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi