Foto: EPA/Vostock-photo
Daniya Yevroittifoqda COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish uchun joriy etilgan barcha cheklovlar bekor qilingan birinchi mamlakatga aylandi.
Endilikda mamlakatda niqob taqish va COVID-pasportga ega bo‘lish majburiy emas, bar va restoranlarning ishlash vaqti chegaralanmaydi. Shuningdek, tungi klublar qayta ochiladi, odamlarning guruh bo‘lib to‘planishi ham cheklanmaydi.
Shu bilan birga mamlakatga kelayotganlar uchun ayrim cheklovlar, xususan, shengen hududiga kirmaydigan mamlakatlardan keluvchi emlanmagan turistlar uchun cheklovlar saqlab qolinadi.
Cheklovlar koronavirus yuqtirish holatlari yuqori bo‘lishiga qaramasdan bekor qilindi – 31 yanvar kuni mamlakatda 27,6 mingga yaqin kasallanish holatlari aniqlangan.
Daniyada 80 foizdan ziyod aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Mamlakatda kasallik yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 1,6 milliondan oshgan, 3,7 mingdan ortiq bemor vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi