23:46 / 02.02.2022
2 086

Bahorning qachon kelishini «biladigan» sug‘ur o‘lib qoldi

Bahorning qachon kelishini «biladigan» sug‘ur o‘lib qoldi
Foto: «Depositphotos»
Sug‘ur kuni arafasida Miltaun shahri (AQSH, Nyu-Jersi shtati)da Mel laqabli mashhur mahalliy «sinoptik» — sug‘ur o‘lib qoldi, deyiladi «Montana Public Radio» xabarida.

Melning egalari sug‘ur yil davomidagi yagona ish kuni arafasi o‘lib qolganidan qayg‘uda. Falokat kutilmaganda keldi, o‘rinbosar topishga ham ulgurishmadi...

Biroq asosiy «sinoptik» — «Sug‘ur kuni» filmi orqali barchamiz yaxshi taniydigan Panksatoni (Pensilvaniya shtati) hayvonot bog‘ida yashovchi Fil tirik.

AQSHda 2 fevral an’anaviy tarzda Sug‘ur kuni sifatida nishonlanadi. Shu kuni sug‘urlarning xatti-harkatiga qarab qish uzoq cho‘zilishi yoki bahor erta kelishini bilib olishadi. Agarda jonivor 2 fevral tongida inidan chiqishda o‘z soyasini ko‘rib, ortiga qaytib kirib ketsa, qish yana bir yarim oyga cho‘ziladi. Aksincha, sug‘ur o‘z soyasidan cho‘chimay tashqariga chiqsa, bahor erta kelishidan darak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Amerikada Sug‘ur kunini Germaniyadan ko‘chib kelganlar — pensilvaniyalik nemislar o‘ylab topishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bahorning qachon kelishini «biladigan» sug‘ur o‘lib qoldi