18:55 / 03.02.2022
1 256

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukrainaga bordi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukrainaga bordi
Foto: Emin Sansar/Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Kiyevga bordi. U bu haqda Twitter sahifasida ma’lum qildi. Erdo‘g‘anning qayd etishicha, u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifiga ko‘ra oliy darajadagi strategik kengashning 10-yig‘ilishida ishtirok etadi.

"Bu uchrashuvlar mamlakatlar uchun ham, mintaqa uchun ham yaxshi natijalar keltirishiga umid qilaman", - deb yozdi Turkiya prezidenti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya Ukraina duch kelgan muammolar va mintaqadagi keskinlikni diqqat bilan kuzatmoqda.
"Turkiya Qora dengiz bo‘yidagi mamlakat sifatida barcha tomonlarni bosiqlikka va mintaqadagi tinchlikni saqlash uchun muloqotga chaqiradi", - deya qayd etdi Erdo‘g‘an.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tashrifi davomida Ukraina va Turkiya erkin savdo hududi to‘g‘risida kelishuv imzolashi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukrainaga bordi