Instruktor xarkovlik ayollarga quroldan foydalanishni tushuntirmoqda. Ayollardan tashkil topgan mazkur guruh har hafta shu kabi mashg‘ulotlarda uchrashadi
Foto: AP Photo
Rossiya harbiy texnikalarining chegara yaqiniga joylashtirilishi va Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi ziddiyatning chuqurlashuvi fonida ukrainaliklar bosqinchilik harakatlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Mamlakatda Hududiy mudofaa kuchlari — Ukrainada 2014 yilda paydo bo‘lgan va joriy yilda Qurolli kuchlarning bevosita tarkibiga kiritilgan ko‘ngillilar bo‘linmasi uchun saralash ishlari ketmoqda. Ukraina millatchilari tashlandiq qurilish maydonlarida turli manyovrlarni mashq qilyapti, Kiyevda esa jangovar tajribaga ega instruktorlar jang qilishni xohlovchilarga Kalashnikov avtomatining yog‘och modellarida taktikani o‘rgatmoqda.
Urushga tayyorlanayotgan ko‘ngillilar — Ukraina vatanparvarlik OAVlarining qahramonlariga va bir vaqtning o‘zida Rossiya propagandasining antiqahramonlariga aylangan. Dunyoning qolgan qismi uchun ularning safarbarligi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush real istiqbolda amalga oshishi mumkinligining yorqin dalilidir. Meduza tayyorgarliklar qay darajada ketayotgani tasvirlangan suratlarni to‘plab, taqdim etdi.
Hududiy mudofaa kuchlari o‘quvchilari — Ukraina Qurolli kuchlari tarkibidagi ko‘ngilli bo‘linma — Kalashnikov avtomatini yig‘ishni o‘rganmoqda
Foto: AP Photo
Hududiy mudofaa kuchlari ishtirokchilari Xarkovdagi mashqlar jarayonida
Foto: AP Photo
Hududiy mudofaa kuchlari ko‘ngilli bo‘linmasining ishtirokchilari Xarkovdagi o‘quv mashg‘ulotlari oldidan saf tortdi
Foto: AP Photo
Ukrainadagi ultrao‘ngchilar guruhi ishtirokchilari Xarkovdagi tashlandiq binolarda hujumni qaytarishni mashq qilmoqda
Foto: AP Photo
Zaxiradagilar uchun Kiyev yaqinidagi poligonda o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar
Foto: EPA
Ukraina fuqarolari o‘rmonda omon qolish texnikasi mashg‘ulotlarida, Kiyev.
Foto: AFP
Milliy gvardiyaning «Azov» o‘ta millatchi bataloni faxriylari tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulotlar. Ular Donbassdagi jangovar harakatlarida faol ishtirok etgan
Foto: Reuters
Kiyevdagi mashg‘ulot: harbiy instruktor va Kalashnikov avtomatikning yog‘och modelini ko‘tarib olgan fuqarolar. Bu kabi mashg‘ulotlarni jangovar tajribaga ega «Umumiy qarshilik» jamoatchilik tashabbusi ishtirokchilari o‘tkazmoqda. Ko‘ngillilar jang taktikasi va to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatishga o‘rgatiladi.
Foto: AFP
AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada g‘arb OAVlarining Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risidagi xabarlar fonida Kiyevga yordam berishini ma’lum qilgan. AQSH prezidenti Jo Bayden yaqin kunlarda Sharqiy Yevropaga amerikalik harbiy jo‘natilishini bildirgan.
Rossiya bir necha oydan beri Ukraina chegaralariga qo‘shin to‘plamoqda, bu esa G‘arb davlatlarining Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorlanayotgani haqidagi taxminlariga sabab bo‘lmoqda. Moskva buni qat’iyan rad etib, qo‘shinlarning o‘tkazilishini mashqlar bilan izohlaydi. G‘arb davlatlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, unga qarshi sanksiyalar qo‘llashga va’da bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot