AQSH, Italiya va Ispaniya — avtomobilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar deb e’lon qilindi. Bu haqda Zutobi onlayn platformasi xabar berdi.
Tahlilchilar reytingni shakllantirish jarayonida 42ta mamlakatlarning harakat xavfsizligi va sifati, mashinaning ijaraga olish va yoqilg‘i narxlarini o‘rganib chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, AQSH 7,17 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Bu yerda eng yaxshi magistrallar va o‘rtacha avtomobil yo‘llari tirbandligi eng past darajada ekani ma’lum bo‘ldi.
Reytingning ikkinchi o‘rinidan 6,38 ball bilan Italiya joy egalladi. Bu mamlakat madaniyat va oshxonani qadrlaydigan sayohatchilar uchun mos keladi. Italiyada yo‘l sifati va xavfsizligi, shuningdek, avtomobil ijarasi narxi pastligi tufayli yuqori ballga loyiq topilgan.
Kuchli uchlikdan Ispaniya joy oldi (6,34 ball). Sayohatchilar ushbu mamlakatda ajoyib plyajlar, Barselona va Madrid kabi tarixiy shaharlardan bahramand bo‘lishlari mumkin. Avtomobil ijarasining arzonligi (kunlik 27 dollar) va yo‘l harakati xavfsizligining yuqori ko‘rsatkichlari hisobga olingan.
Reytingning kuchli o‘nligidan Portugaliya, Sloveniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Turkiya va Daniya ham reytingdan joy oldi.
Osiyo davlatlaridan Yaponiya (21-o‘rin), Singapur (26-o‘rin) va Malayziya (28-o‘rin) mamlakatlari mazkur ro‘yxatga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi