21:15 / 09.02.2022
1 255

Saakashvili Londonda Lukashenko bilan yashirincha uchrashganini aytdi

Saakashvili Londonda Lukashenko bilan yashirincha uchrashganini aytdi
Foto: Leigh Vogel / Getty Images
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisi sudida qilgan chiqishida prezidentlik davrida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olmasligi uchun u bilan Londonda yashirincha uchrashganini aytdi.

Avvalroq Lukashenko "Solovev Live" YouTube-kanaliga bergan intervyusida Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligi tan olinishi mumkinligini istisno qilmagandi.

"Men Londonda uch-to‘rt marta bo‘lganman, bu hujjatlar maxfiy bo‘lishi kerak edi... Ammo Lukashenko agar Putin aytsa bu hududlar mustaqilligini tan olishini aytgani Gruziya hukumatining harakatsizligi natijasidir. Men rostdan ham Londonda to‘rt marta bo‘lganman va Lukashenko bilan to‘rt marta maxfiy uchrashuv o‘tkazganman. Bu hududlar haligacha Belarus prezidenti tomonidan tan olinmagani ushbu uchrashuvlar natijasi hisoblanadi", - dedi Saakashvili.

Saakashvili prezidentligi davrida – 2008 yil 8 avgustda Gruziya qo‘shinlari Janubiy Osetiyaga kirgandi. Shundan so‘ng Rossiya qo‘shinlari respublikaga kirgan va besh kunlik urushdan so‘ng Gruziya harbiylarini u yerdan chiqarib yuborgandi.

26 avgustda Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan. Gruziya ularni mustaqil davlatlar deb hisoblamaydi va o‘z regionlari deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saakashvili Londonda Lukashenko bilan yashirincha uchrashganini aytdi