15:14 / 10.02.2022
1 027

Britaniyalik musulmonlar hashar o‘tkazdi

Britaniyalik musulmonlar hashar o‘tkazdi
Britaniyaning Koventri shahridagi “Ziynat ul-islom” masjidi jamoati vakillari hashar o‘tkazib, chiqindi mashinasi haydovchilari ish tashlashi tufayli axlatga to‘lib ketgan hududni tozaladi.

Musulmonlar Folsxill mavzesidagi ko‘chalarni tartibga keltirishga yordam berishdi.

Axlat yig‘uvchilar o‘z vaqtida ishlamagani uchun axlat qutilari to‘lib-toshgan, shu bois ko‘chadagi tartibsizlik darajasi hayratlanarli darajada”, – deydi aksiya tashkilotchilaridan biri Ayoz Maqsud.

Uning aytishicha, masjidga keluvchi keksalarning aksari chiqindi uyumlari orasidan o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Qolaversa, axlatlar yig‘ilib qolgani uchun pashsha va boshqa hasharotlar ko‘payib ketgan.

Biz tozalashni boshlaganimizda, mahalliy aholi va do‘kondorlar nima qilayotganimizga qiziqib qolishdi va biz tushuntirganimizda, buning uchun bizga rahmat aytishdi”, – deydi musulmon faol.

Hashar asnosida bir kunda o‘nta ko‘chadan 30 qop chiqindi yig‘ildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik musulmonlar hashar o‘tkazdi