
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jo Bayden o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Reuters.
Bayden Putinni Ukrainaga «bostirib kirish»ni davom ettirish Moskva uchun jiddiy oqibatlarga va Rossiyaning pozitsiyasi zaiflashishiga olib kelishi haqida ogohlantirdi, deb ma’lum qildi Oq uy.
Shuningdek, AQSH prezidenti rossiyalik hamkasbini deeskalatsiya va diplomatiyaga chaqirgan.
Ikki davlat prezidentlarining suhbati qariyb bir soat davom etgan. Kremlning bildirishicha, muloqot o‘tkazish haqida Vashington iltimos qilgan. Reuters manbasining so‘zlariga ko‘ra, Moskva dushanba kuni prezidentlar o‘rtasida suhbat o‘tkazishni so‘ragan, ammo Vashington suhbat shanba kuni o‘tkazilishini taklif qilgan. Rossiya bu taklifga rozi bo‘lgan.