Foto: Global Look Press
13 fevral kuni Kiyevdan ichida ukrainalik oligarx va biznesmenlar bo‘lgan 20 ga yaqin charter reys hamda shaxsiy samolyotlar uchib ketdi. Bu kabi holat so‘nggi olti yildan beri birinchi marta kuzatilmoqda, deb xabar beradi «Ukrainsaya pravda».
Shu kuni Ukrainani Rinat Axmetov (Forbes versiyasi bo‘yicha eng boy ukrainaliklar orasida 1-o‘rin) va Boris Kolesnikov (55-o‘rin)ning samolyotlari Ukrainani tark etgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, aslida Axmetov mamlakatdan 30 yanvarda chiqib ketgan, hozirda Kiyevdan uning samolyotlaridan biri uchib ketgan, xolos. Kolesnikov esa Ukrainada ekani va hech qayerga ketmoqchi emasligini ma’lum qilgan.
So‘nggi haftada Ukrainani ko‘plab biznesmenlar tark etgan. 30 yanvar kuni Viktor Pinchuk (Forbes ro‘yxatida 2-o‘rin), 10 fevralda — Vadim Novinskiy (8-o‘rin) va Aleksandr Yaroslavskiy (9-o‘rin), 12 fevralda — Vasiliy Xmelniskiy (29-o‘rin) va Vadim Stolar (64-o‘rin), 13 fevral — Andrey Stavnitser (49-o‘rin) va Vadim Nesterenko (96-o‘rin) mamlakatdan chiqib ketgan.
Stavnitserning vakili biznesmen hozirda xizmat safarida ekani va tez orada qaytishini bildirgan. Xmelniskiyning matbuot xizmati safar oldindan rejalashtirilgani va u 20 fevralda qaytishini, biznesmenning farzandlari Ukrainada ekanini ma’lum qilgan.
Nashr manbalariga ko‘ra, ukrainalik tadbirkor, «Muxolifat platformasi — hayot uchun» fraksiyasi deputati Igor Abramovich 50 kishilik samolyot buyurtma qilgan. Samolyot Kiyevdan Venaga biznesmen bilan bitta partiyada bo‘lganning qarindoshlarini, shuningdek, biznes-sheriklarini olib borishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi