23:55 / 15.02.2022
1 327

Rossiya prezidenti: Rossiya urush bo‘lishini istamaydi

Rossiya prezidenti: Rossiya urush bo‘lishini istamaydi
Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokara o‘tkazdi. “Rossiya urush bo‘lishini istamaydi”, – dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Olaf Shols bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi matbuot anjumanida.

«Hozir janob federal kansler va uning yoshidagi odamlar, men ham o‘sha avlodga mansubman, Yevropada urush bo‘lishini tasavvur qila olmasligini aytdi. Bu albatta, Ukraina atrofidagi vaziyatga nisbatan aytildi. Ammo biz Yevropadagi urushning guvohi bo‘lmadikmi? Aynan NATO bloki Yugoslaviyaga qarshi ochgan urushning», — dedi Putin.

Rossiya prezidenti Belgradga raketa-bomba zarbalari berilgan harbiy operatsiyani eslatdi. U Rossiya Yevropada urush bo‘lishini xohlamasligini ta’kidladi.

«Aynan shu bois muzokaralar jarayoni to‘g‘risidagi takliflarimizni ilgari surdik, buning natijasi barcha uchun teng xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lishi lozim. Afsuski, takliflarimizga batafsil javob olmadik», — dedi Putin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya prezidenti: Rossiya urush bo‘lishini istamaydi