Yolg‘iz sayyohlar uchun eng xavfsiz va xavfli shaharlar reytingi e’lon qilindi

Foto: «Pikabu»
Britaniyaning «InsureMyTrip» sug‘urta kompaniyasi yolg‘iz sayohat qiluvchilar uchun dunyoning eng xavfsiz shaharlari reytingini tuzdi.
Yolg‘iz sayohatchi uchun eng xavfsiz shahar — Saudiya Arabistonidagi Madinai Munavvara — 10/10 ball.
Ikkinchi o‘rinda — Tailandning Chiangmay shahri, uchinchi — Dubay (BAA). Kioto (Yaponiya) va Makao (Xitoy) kuchli beshlikda.
Reytingda xavfsizlik borasida eng oxirgi o‘rinni Yohannesburg (JAR) egalladi. Shaharda jinoyatchilik darajasi yuqori.
Yolg‘ish yurish tavsiya etilmaydigan shaharlar ro‘yxatida Kuala-Lumpur (2-o‘rin, Malayziya), Dehli (3-o‘rin, Hindiston) va Jakarta (4-o‘rin, Indoneziya) kabi yirik poytaxt-shaharlar bor.
Ko‘cha jinoyatlari ko‘p sodir etilayotgan Parij (Fransiya) ham xavfsizlik nuqtai nazaridan eng yomon shaharlar beshligiga kirdi (3,78/10 ball). Yakka-yolg‘iz yuruvchi sayyohlar bu shaharda cho‘ntakkesarlarga oson o‘lja bo‘lishadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Britaniyaning «InsureMyTrip» sug‘urta kompaniyasi yolg‘iz sayohat qiluvchilar uchun dunyoning eng xavfsiz shaharlari reytingini tuzdi.
Yolg‘iz sayohatchi uchun eng xavfsiz shahar — Saudiya Arabistonidagi Madinai Munavvara — 10/10 ball.
Ikkinchi o‘rinda — Tailandning Chiangmay shahri, uchinchi — Dubay (BAA). Kioto (Yaponiya) va Makao (Xitoy) kuchli beshlikda.
Reytingda xavfsizlik borasida eng oxirgi o‘rinni Yohannesburg (JAR) egalladi. Shaharda jinoyatchilik darajasi yuqori.
Yolg‘ish yurish tavsiya etilmaydigan shaharlar ro‘yxatida Kuala-Lumpur (2-o‘rin, Malayziya), Dehli (3-o‘rin, Hindiston) va Jakarta (4-o‘rin, Indoneziya) kabi yirik poytaxt-shaharlar bor.
Ko‘cha jinoyatlari ko‘p sodir etilayotgan Parij (Fransiya) ham xavfsizlik nuqtai nazaridan eng yomon shaharlar beshligiga kirdi (3,78/10 ball). Yakka-yolg‘iz yuruvchi sayyohlar bu shaharda cho‘ntakkesarlarga oson o‘lja bo‘lishadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…