
Rossiya-Qozog‘iston chegarasining kattaligi va chegarada yetarli infratuzilmaning mavjud emasligi chet elliklarning Rossiyaga noqonuniy kirishi xavfini tug‘diradi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga migratsiya oqimlaridan terrorchilar ham foydalanmoqda.
“Migratsiya oqimlaridan xalqaro terrorchilik va ekstremistik tashkilotlar o‘z a’zolarini ko‘chirish va yangi yacheykalarni shakllantirish uchun faol foydalanmoqda”, – deya ta’kidladi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi uch yil ichida terrorchilik va ekstremistik faoliyatda gumon qilingan 2000 dan ortiq xorijlikning Rossiyaga kirishiga ruxsat berilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar