Oddiy odamlar ajrashishayotganda odatda kvartira, mashina va yana nimlarnidir bo‘lishishadi. Mashhurlarda esa mol-mulkning ancha uzun ro‘yxat bo‘ladi, bank hisoblari ham juda katta. Ajralish ishi bilan shug‘ullangan advokatlar ham bunday paytda ancha-muncha foyda oladi. Sobiq erlariga juda qimmatga tushgan eng katta ajralishlar haqida gaplashamiz.
Bill Geyts va Melinda French: 80 milliard dollar
Foto: Legion Media
Ularning sevgisi ishdagi ishq bilan boshlangan. Bill Melindaning rahbari edi, juftlik ish bo‘yicha birgalikda ko‘p yillar ishlashdi, 27 yil davomida bosqichma-bosqich muvaffaqiyatga erishishdi. Koronavirus pandemiyasi sabab boshlangan karantin ularga munosabatlarining boshqa qirralarini ham ko‘rsatib qo‘ydi. Chunki endi ular aqldan ozar darajadagi ish jadvalisiz, birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazishlari kerak edi. Er-xotin bunga chiday olmadi. Kompensatsiya sifatida Melinda dunyoning eng boy odamidan mol-mulkining yarmini, ya’ni 80 milliard dollar oldi.
Jeff Bezos va Makkenzi Skott: 69 milliard dollar
Foto: Getty Images
Dunyoning eng badavlat odami ham ajralish paytida yaxshigina pulga tushdi, shundan keyin u eng boy odamlar reytingida pastladi. Ammo Makkenzi ajrashgandan keyin dunyodagi eng boy ayollardan biriga aylandi. Sud qaroriga ko‘ra, u Bezos mulkining yarmiga, ya’ni qariyb 69 milliard dollarga ega bo‘lishga haqli edi. Ammo Bezosning aksiyalari, qasrlari, boshqa ko‘chmas mulklari va baham ko‘rish uchun juda ko‘p qimmatbaho buyumlari bor. Biroq Makkenzi bu narsalar uchun talashib o‘tirmadi. U pulning katta qismini xayriya ishlariga sarfladi, mol-mulk, aksiyalar va boshqa muhim hujjatlarni ham hech bir muammosiz sobiq eriga qoldirdi.
Roman Abramovich va uning rafiqasi Irina: 6 milliard funt sterling
Foto: Getty Images
Oligarx sobiq styuardessa bilan 15 yildan ortiq birga yashadi. Har doim shunday bo‘ladiganga o‘xshardi, lekin bu nikoh umrining oxirigacha davom etmadi. Biroq Irina quruq qo‘l bilan qolmadi, albatta. Ajrashish paytida u Romandan 6 milliard funt sterling oldi. Qimmat villalar, qasrlar va kvartiralarni hisobga olmaganda, bu summa Irinani qoniqtirgan.
Alek Vildenshteyn va Joslin: 4 milliard dollar
Foto: Getty Images
20 yillik turmushdan so‘ng, fransuz tadbirkori Alek xiyonat ustida qo‘lga tushdi: rafiqasi Joslin uni ma’shuqasi bilan ushlab oldi. Ajralishda milliardlarni bo‘lishishni istamagan Alek darhol xotiniga tahdid qila boshladi. Biroq Joslin hech ikkilanmay, tavakkal qildi: u erini tahdid qilgani uchun sudga berdi, buning uchun Alek shartli qamoq jazosiga hukm qilindi, shuningdek, xiyonatkor erini ajrashish uchun sudga berib, 4 milliard dollardan ko‘proq pul undirib oldi.
Rupert Merdok va uning turmush o‘rtoqlari Anna va Vendi: 1,7 milliard dollar va 1,8 milliard dollar
Rupert Merdok
Foto: Legion Media
Badavlat bu odam ikki marta shov-shuvli va janjalli ajralish jarayonidan o‘tgan. Rupert birinchi xotini Anna bilan 25 yil davomida yashagan. Shuncha yillik munosabat ham oilasini saqlab qolishga sabab bo‘lolmadi. Mediamagnat Anna bilan ajrashgach, unga 1,7 milliard dollar to‘ladi. Annadan keyin yangi va yosh xotini Vendi bilan oila qurdi. Vendi bilan 13 yil yashagach, u bilan ham ajrashishga qaror qildi va yana mulkni taqsimlashga to‘g‘ri keldi: Vendi eridan 1,8 milliard dollar oldi.
Mel Gibson va Robin Mur: 850 million dollar
Foto: Legion Media
Robin bilan ko‘p yillik turmushidan so‘ng, Mel rossiyalik go‘zal Oksana Grigorevaga ilakishib qoldi. Buning uchun u xotini bilan ajrashishga va unga yaxshigina tovon to‘lashga tayyor edi. Robin Mur nafaqat 850 million dollar oldi, balki ajrashgandan keyin Melning ishlari chappasiga ketganidan zavqlandi ham. Uning rus sevgilisi bilan nikohi uzoqqa bormadi, karerasida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Gibsonning keskin bayonotlari sabab jamoatchilikning undan yuz o‘girdi.
Dubay shayxi Muhammad va malika Xaya: 730 million dollar
Foto: Legion Media
Malika Xaya Dubay shayxi bilan ajrashayotganda uni yaxshigina summa uchun sudga berdi. Umuman olganda, bu hikoya avvalgilaridan farq qiladi. Boshqa ayollardan farqli o‘laroq, malika Xaya eridan qutulish uchun bolalari bilan Dubaydan qochishga majbur bo‘ldi. Mish-mishlarga ko‘ra, uning eri qoidalariga qarshi chiqqanlarga, hatto oilasiga nisbatan ham juda shafqatsiz munosabatda bo‘lgan. U o‘z qizlarini qamoqqa tashlab, qiynoqlarga solgan. Xayaning Iordaniya qiroli Abdulla II ning singlisi bo‘lgani, akasi singlisi va farzandlarining Buyuk Britaniyada daxlsizlik maqomiga ega bo‘lishiga yordam bergani ayolga hamma narsani sud orqali hal qilishga yordam berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi