08:53 / 23.02.2022
813

Rossiya DXR va LXR bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Rossiya DXR va LXR bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Moskvadagi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining binosi
Foto: «TASS»

Rossiya Donetsk hamda Lugansk Xalq Respublikalari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatganini e’lon qildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar bergan. Xabarga ko‘ra, elchixonalar darajasidagi diplomatik munosabatlar 2022 yil 22 fevraldan boshlangan.

Rossiya TIV axboroti bo‘yicha mustaqilligi tan olingan ikki respublikaning tashqi ishlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralarining rahbarlariga Sergey Lavrov imzolagan tabrik telegrammalari yuborilgan.

-"Rossiya DXR hamda LXR bilan har tomonlama hamkorlik, xususan, tashqi siyosiy vazirliklarning mamlakatlarimiz fuqarolarining manfaatlariga xizmat qiladigan, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan munosabatlarni rivojlantirishni maqsad qilgan", - deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 fevral kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida DXR va LXR mustaqilligini e’lon qilish taklif etilganidan keyin, mamlakat fuqarolariga murojaat yo‘lladi va respublikalarning mustaqilligini tan olish haqidagi farmonni imzoladi. 22 fevral kuni Rossiya davlat dumasi va Federatsiya kengashi ushbu farmonni ratifikatsiya qildi.

Shuningdek, Rossiya federatsiya kengashi 22 fevralda Putinning Donbass hududida mustaqilligi tan olingan respublikalarga harbiy qo‘shin yuborishiga ruxsat berdi. Shundan keyin Putinning o‘zi qo‘shinlarni respublikalar hududiga kiritish borasidagi yakuniy qaror vaziyatning qanday rivojlanishiga bog‘liqligini qayd etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya DXR va LXR bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi