10:15 / 24.02.2022
1 417

Jo Bayden: Putin urushni tanladi, dunyo Rossiyani javobgarlikka tortadi

Jo Bayden: Putin urushni tanladi, dunyo Rossiyani javobgarlikka tortadi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiyaning Donbassdagi harbiy operatsiyalariga «hamjihatlikda va qat’iy javob qaytarishini» va’da qildi. Bu haqda Amerika yetakchisining Oq uy saytida e’lon qilingan bayonotida so‘z boradi.

«Bugun butun dunyoning duosi Rossiya qurolli kuchlarining sababsiz va asossiz hujumidan aziyat chekayotgan Ukraina xalqi bilan. Prezident Putin qasddan halokat va azob-uqubatlarga olib keladigan urushni tanladi. Ushbu hujumlar olib keladigan o‘lim va vayronalar uchun faqat Rossiya javobgar bo‘ladi, AQSH, uning ittifoqchilari hamda sheriklari hamjihatlikda va qat’iy usulda javob qaytaradi. Dunyo Rossiyani javobgarlikkar tortadi», — deydi Bayden.

Yaqin vaqtlar ichida Bayden G7 yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazishga va’da bergan. Shundan so‘ng, u Amerika xalqiga murojaat bilan chiqib, «harbiy tajovuz uchun Rossiyaga qo‘yiladigan keyingi oqibatlarni e’lon qiladi».

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevral kuni Donbassda «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi. Operatsiyadan maqsad «Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan» odamlarni himoya qilishdir».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden: Putin urushni tanladi, dunyo Rossiyani javobgarlikka tortadi