08:20 / 25.02.2022
1 006

Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘lladi

Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘lladi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llanilishini ma’lum qildi.
Sanksiyalardan biri «Aeroflot»ga qaratilgan: Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasiga Qo‘shma Qirollikka parvoz qilish taqiqlandi.

Rossiyaning davlat ishtirokidagi yirik banki — VTB ham qora ro‘yxatda — uning barcha aktivlari muzlatildi.

Sanksiyalar qo‘llanilishi fonida VTB aksiyalari 42 foizga, «Aeroflot»niki 30 foizga quladi. Umuman olganda, Rossiyaning deyarli barcha kompaniyalari qimmatbaho qog‘ozlari London birjalarida qulamoqda.

Sanksiyalar bilan rossiyaliklar Buyuk Britaniyadagi hisoblarda saqlovchi mablag‘lar miqdoriga ham cheklov kiritilmoqda.

Rossiyaning yirik aviasozlik kompaniyasi — OAK, yirik kemasozlik kompaniyasi — OSK, «Rostex» davlat korporatsiyasi ham sanksiyaga tushdi.

Shaxsiy sanksiyalar: Kirill Shamalov (Vladimir Putinning sobiq kuyovi), Yuriy Slyusar (OAK bosh direktori), Denis Bortnikov (VTB banki prezidentining o‘rinbosari, FXX rahbarining o‘g‘li), Pyotr Fradkov (tashqi razvedka xizmati sobiq rahbari). Avvalroq AQSH ham ushbu shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘lladi