Foto: Reuters
Yevropa Ittifoqidan keyin AQSH ham Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga qarshi ham cheklovlar joriy etilgan.
Amerika Moliya vazirligining sanksiyalari AQSH yurisdiksiyasidagi aktivlarni bloklash, amerikaliklarning ular bilan bitimlar tuzishini taqiqlashni o‘zi ichiga oladi.
Bundan tashqari, AQSH Davlat departamenti Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimovga qarshi o‘z sanksiyalarini ham joriy etgan. Davlat departamenti ularni «Ukrainaga nisbatan yangi bosqinda» javobgar deb hisoblaydi. Davlat departamenti yo‘nalishi bo‘yicha sanksiyalar ularning AQSHga kirishini taqiqlaydi.
24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Buyuk Britaniya mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llagan, xususan «Aeroflot» kompaniyasining qirollik hududiga parvozlarini taqiqlagan. 25 fevral kuni Kanada Putinning atrofidagilar, deputatlar va Rossiyaning 27 ta moliyaviy institutiga qarshi sanksiyalar kiritdi, Ukraina banklariga Rossiya va Belarus rubllarida operatsiyalar o‘tkazish taqiqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi