Foto: Reuters
Ukrainada davom etayotgan urushda 3,5 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘ldi va salkam 200 nafari asirga tushdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyakka tayanib, «Unian» xabar berdi.
«Bugun ertalabki holatga ko‘ra, 3,5 mingdan ortiq rossiyalik halok bo‘ldi va salkam 200 kishi asirga tushdi», — deydi Podolyak «Rada» telekanali efirida. U Ukraina tomonidan qancha odam halok bo‘lganini aytmagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga bostirib kirilganidan buyon qurbonlar haqida hech qanday ma’lumot bergani yo‘q.
Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi Kiyevdagi vaziyatni nazorat qilmoqda, shaharda lokal urushlar davom etmoqda. Bir kun oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rus qo‘shinlari tunda hujumga o‘tishini aytgan edi.
24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani «demilitarizatsiya» va «denasifikatsiya» qilish bo‘yicha «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng, Vladimir Zelenskiy Ukrainada 30 kunlik harbiy holat joriy qildi. Ukraina fuqaroligiga ega bo‘lgan 18-60 yoshli erkaklarga endi mamlakatni tark etish taqiqlanadi. Rossiya hujumining birinchi kunida 137 nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi