1 526
Sakkiz mingdan ziyod rossiyalik ziyolilar Ukrainaga qarshi urushni qoralab ochiq xat yozdi
Rossiyada sakkiz mingdan ziyod rassomlar, san’atshunoslar, arxitektorlar, prodyuserlar, musiqachilar va madaniyat hamda san’at sohasining boshqa vakillari Ukrainaga qarshi boshlangan urushni qoralab ochiq xat yozishdi.
«Biz, rassomlar, san’at arboblari, arxitektorlar, tanqidchilar, san’atshunoslar, art-menejerlar — Rossiya Federatsiyasining san’at va madaniyat sohasi vakillari — Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlaymiz va bir ovozdan, qat’iyat bilan «Yo‘q bo‘lsin urush!» deymiz. Barcha harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni, Ukraina hududidan harbiy qo‘shinni olib chiqishni va tinchlik o‘rnatish yuzasidan muzokaralarni boshlashni talab qilamiz», – deyiladi ochiq xatda.
Avval rus tilida so‘zlashadigan olimlar xalqaro assosiatsiyasi (RASA) Rossiyaning Ukrainaga qilgan qurolli hujumini qoralovchi bayonotni e’lon qilgandi. Bayonot matnida Rossiya qilayotgan ishlar Ukraina xalqi oldidagi eng og‘ir jinoyat ekanligi, ushbu harakatlar Rossiyani ijtimoiy iztirob va izolyatsiyaga duchor qilishi bayon etilgan. Matnni o‘nlab olimlar, xususan, Nobel mukofoti laureati Andrey Geym ham imzolagan.
24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi. Murojaatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning ko‘plab shaharlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko 24 fevral kuni erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma ob’ektlariga raketa zarbalari berilganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Leonid Kuchma: Rossiya bilan urushmaslik uchun Ukraina oldida ikki yo‘l bor edi
O‘t qopidagi toshlar qanday va qayerdan paydo bo‘ladi?
Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
“Oltin to‘p” tashkilotchilari nima uchun mukofot Vinisiusga emas, Rodriga berilganini tushuntirdi