Foto: EPA/Vostock-photo
Germaniya hukumati Ukrainaga tankka qarshi qurollar va «yer-havo» tipidagi «Stinger»lar yuborishga qaror qildi. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt ma’lum qildi.
«Federal hukumat bugun (shanba kuni) Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tankka qarshi 1000 ta qurol va «Stinger» tipidagi 500 raketa jo‘natishga qaror qildi. Qurollar imkon qadar tez fursatda Ukrainaga yetkazib beriladi», degan u.
Avvalroq DPA agentligi GFR hukumati Niderlandiyaga Ukraina uchun Germaniyada ishlab chiqarilgan 400 ta tankka qarshi granatomyotlarni (Bazuka) yetkazib berishga ruxsat berganini xabar qilgandi.
Sky News telekanali Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesga asoslanib xabar berishicha, kamida 27 mamlakat, shu jumladan NATO a’zolari Ukrainaga qurol yetkazib berishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz