Foto: Getty Images
Ukrainada urush boshlanganidan beri 4300 ga yaqin rossiyalik askar halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi rahbarining o‘rinbosari Anna Malyar bayonotiga tayanib, vazirlikning Facebook sahifasida xabar berilgan.
Ukraina vazirligi hisobotida da’vo qilinishicha, 24—26 fevral kunlari Rossiya armiyasi 27 ta samolyot, 26 vertolyot, 146 ta tank, 706 ta zirhli texnika, ikkita dron, ikkita kema va kater hamda boshqa texnikalaridan ayrilgan.
Shu bilan birga, Ukraina Mudofaa vazirligi ushbu ma’lumotlar aniqlashtirilayotgani va yakuniy bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidladi. Hozircha vazirlik ma’lumotlarini tasdiqlash yoki rad etishning imkoni yo‘q.
Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya texnikasi yoki ishchi kuchining yo‘qolgani haqida hanuz xabar bermagan. Faqatgina 26 fevral kuni Dog‘iston rahbari Sergey Melikov Ukrainadagi «maxsus operatsiya» vaqtida halok bo‘lgan rossiyalik zobit Nurmagomed Gadjimagomedovning o‘limini tasdiqlagan edi. Hozircha bu Rossiya rasmiylari tomonidan xabar qilingan yagona yo‘qotishdir.
26 yanvar kuni, Ukraina prezidentining ofisi urushda 3,5 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lgani va salkam 200 nafari asirga tushgani haqida xabar bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz