Yamanda insonparvarlik yordamiga navbatda turgan bolalar.
Foto: «BIC-RHR»
Ukrainada bo‘layotgan voqealar oqibatida ayrim arab mamlakatlariga don yetkazib berish qisqaradi. Chunki bu mamlakatlarga don mahsulotlarini asosan Ukraina va Rossiya yetkazib beradi, deb yozdi Fransiyaning «Le Figaro» nashri.
Nashrga ko‘ra, don ta’minotidagi uzilishlar arab dunyosi, xususan, Misr, Liviya va Yamanda inqirozga sabab bo‘lishi va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.
«Figaro» 2019 yili to‘ntarish yuz bergan Sudanni misol keltirdi. Achchiq saboq chiqargan sudanliklar Rossiya Ukrainaga hujum uyushtirgan kuniyoq don masalasini kelishish uchun Moskvaga vakil jo‘natishdi.
Ayniqsa, Yamanda vaziyat og‘ir, non — mamlakatning aksar fuqarolari uchun tansiq taomga aylangan, deb yozdi nashr AFP xabarlariga asoslanib.
Ma’lumotlarga qaraganda, ilgari Livan don mahsulotlari importining 80 foizini (600 ming tonna) Ukraina ta’minlagan, endi Yaqin Sharqdagi bu davlat AQSH importiga tayanishiga to‘g‘ri keladi. Ukrainadan g‘alla ortilgan kema Livanga yetti kunda yetib kelsa, AQSHdan kelishini 25 kun kutish kerak.
Misr bug‘doyning 50 foizini Rossiyadan, 30 foizini Ukrainadan sotib oladi. Misr omborlaridagi bug‘doy 9 oyga, Jazoirniki esa 6 oyga yetishi haqida xabar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz