date
views 2 985

Zelenskiyni oʻldirish uchun Kievga «Vagner»ning 400 nafar yollanma jangarisi yuborilgan

Zelenskiyni oʻldirish uchun Kievga «Vagner»ning 400 nafar yollanma jangarisi yuborilgan
Foto: «Glavkom»
Kreml topshirigʻiga koʻra «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining 400 dan ortiq yollanma jangarilari Kievda jang qilmoqda, deb xabar beradi The Times.

Nashr manbalariga koʻra, Kreml mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilishiga yoʻl ochish uchun harbiylarga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina hukumati a'zolarini oʻldirish vazifasi yuklangan.

The Times’ning yozishicha, Ukraina hukumati ushbu ma'lumotni 26 fevral kuni qoʻlga kiritgan va poytaxtda komendantlik soatini kuchaytirgan. Uni buzganlar «dushmanning qoʻporuvchi-razvedka guruhlari a'zolari» sifatida tan olinadi.

«Vagner» guruhi — OAVlarda Rossiya xususiy harbiy kompaniyasi deb ataluvchi norasmiy qurolli tuzilma. Ma'lumotlarga koʻra, 2014 yildan buyon guruh Ukraina va Suriya hududlarida jang qilgan. 2017 yilda «Vagner» guruhi AQSh sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan.

24 fevralga oʻtar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e'lon qildi. Murojaatdan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning koʻplab shaharlarida portlashlar sodir boʻlgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko 24 fevral kuni erta tongda Kiev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma ob'ektlariga raketa zarbalari berilganini ma'lum qildi.

24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Buyuk Britaniya mamlakatga qarshi yangi sanktsiyalar qoʻllagan, xususan «Aeroflot» kompaniyasining qirollik hududiga parvozlarini taqiqlagan. AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgani va u erda harbiy operatsiyalarni boshlagani uchun mamlakatga nisbatan yangi sanktsiyalar joriy qilgan. Shuningdek, Bayden Rossiyaning Ukrainaga hujumi uchun mas'uliyat Vladimir Putinning zimmasida ekani, Rossiya ushbu harbiy operatsiya uchun jiddiy zarbalar qabul qilib olishi haqida gapirgan.

Keyinchalik 25 fevralda AQSh Putin, Lavrov va Shoyguga qarshi sanktsiyalar e'lon qildi, shuningdek 26 fevralda Oq uyning Zelenskiyga Kievni tark etishida yordam berishga tayyorligi xabar qilindi. AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga harbiy ehtiyojlar uchun zudlik bilan moliyaviy yordam koʻrsatishni buyurgan, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron esa Ukrainadagi urushning uzoq davom etishini taxmin qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiyni oʻldirish uchun Kievga «Vagner»ning 400 nafar yollanma jangarisi yuborilgan