
AQShda echki huquq-tartibot idoralari xodimlariga jinoyat sodir etishda gumon qilingan erkakni qoʻlga olishda yordam berdi. Bu haqda Fox News nashriga asoslanib Mir24 ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Devid Parnella ismli sherif oʻrinbosari sherigi Skott Barker bilan birga oilaviy zoʻravonlikda ayblanayotgan erkakning uyiga kelgan. Gumonlanuvchi politsiya boʻlimiga borishi kerakligini tushungach, qochishga harakat qilgan.
Politsiya erkakni ta'qib qila boshlagan. Birdan ularga qoʻshni uydan bir echki qoʻshilgan. Hayvon gumonlanuvchini oʻrmonga qochganida ham quvib, taslim boʻlishga majburlagan.
«Ba'zida yordam har xil shakl va vaziyatda keladi», — deya ta'kidlagan politsiya xodimlari jurnalistlarga.
Qochqin hibsga olinganidan keyin echkiga minnatdorchilik bildirgan holda egasiga qaytarilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar