Vitaliy Gnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
28 fevral kuni, urushning beshinchi kunida deyarli barcha yo‘nalishlarda Rossiya armiyasining yurishi sekinlashdi. Faqat Donbassda Ukraina armiyasi va o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXR respublikalari ayirmachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Shu bilan birga bu kunda jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi: Rossiya qo‘shinlari Xarkovdagi aholi turar joylari joylashgan kvartallarga artilleriya bilan halokatli zarbalar bera boshladi, bu yerda 27 fevral kuni Rossiya razvedka guruhi qaqshatqich mag‘lubiyatga uchrab, o‘nlab rus harbiylari asirga tushgandi. Shu vaqtgacha Rossiya qo‘shinlari aholi punktlariga og‘ir qurollar bilan kamdan kam hollarda zarba berayotgandi (katta ehtimol bilan Rossiya mudofaa vazirligining rejasi avvalboshdan tinch aholiga hujum qilmaslik bo‘lgan).
Xarkovga «Grad» baravar o‘t ochish tizimlaridan zarba berilgan. Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenkoning ma’lum qilishicha, ushbu hujum oqibatida o‘nlab qurbonlar va yuzlab jabrlanganlar bor.
Amerika harbiy tadqiqot institutining (CNA) Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha bo‘limi direktori Maykl Kofmanning hisoblashicha, Rossiya armiyasi hamisha o‘rganib kelgan ishini qilmagan: «Rossiya armiyasi, birinchi navbatda, artilleriyaga tayanadi, va shu vaqtgacha bu urushda undan faqat cheklangan tartibda foydalanildi». Uning fikricha, Rossiya mudofaa vazirligi «[haqiqiy] harbiy amaliyotsiz keng ko‘lamli bostirib kirish orqali natijaga erishishga harakat qilgan».
Kofmanning aytishicha, bunday yondashuvdan voz kechilishi va artilleriya keng qo‘llanishi, jumladan aholi punktlarida, muqarrar. Uning fikricha, Xarkovga baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari orqali o‘qqa tutilishi — Rossiya armiyasi «o‘rgatilganidek» urush qilishga tayyorligi alomatidir. Bu holda esa tinch aholi orasida qurbonlar soni o‘sishidan qochib qutulib bo‘lmaydi.
Ikkinchi o‘zgarish — Xarkov ustida Rossiyaning Su-34 rusumli zamonaviy bombardimonchi samolyoti paydo bo‘ldi. Kofmanning yozishicha, Rossiya armiyasi asosan harbiylarni qo‘llab-quvvatlash uchun Su-25 shturmoviklari va operativ-taktik raketalardan foydalanayotgandi. Endi, katta ehtimol bilan, Rossiya qo‘mondonligi jang maydonida va ichkari hududlarda aviatsiyadan keng foydalanish uchun Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari va Ukraina armiyasi harbiy-havo kuchlariga yetarlicha zarar yetkazilgan degan xulosaga kelgan.
Frontdagi vaziyat haqida qisqacha
«Meduza» joylardagi guvohlar tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan video va fotolar orqali frontdagi vaziyatni tahlil qildi.
- 28 fevral kuni olingan videolarga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Kiyevni asta-sekinlik bilan shimoli-g‘arbdan qurshab olmoqda. Shahardan shimolda, 27 fevral kuni qaqshatqich janglar kechgan Bucha va Irpenda (Kiyev markazidan 20 kilometr masofada) to‘qnashuvlar davom etdi. Rossiyaning boshqa bo‘linmasi Kiyevni shimoli-g‘arbdan o‘rab olishga harakat qilmoqda. Borodyank qishlog‘ida janglar bo‘lib o‘tdi, Rossiya texnikasi shu yer orqali Kiyev-Jitomir trassasiga o‘tishga harakat qilmoqda.
- Xarkovda, Pentagondagi brifingda ma’lum qilinishicha, Rossiya harbiylari shaharni o‘rab olib, keyin «uni qamalga olish» harakatini qilmoqda. Pentagonning ma’lum qilishicha, Chernigov qamali boshlangan.
- Xerson va Nikolayev hududlarida o‘zgarishlar yo‘q: rossiyalik harbiylar Odessaga hujum boshlash uchun kuch va zaxira to‘plamoqda. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, 28 fevral kuni kechqurun rossiyaliklar kolonnalaridan biriga hujum amalga oshirilgan.
- Zaporojedagi ruslar bo‘linmasi Energodarda Dnepr ustidan o‘tuvchi ko‘prikka yaqinlashgan, ammo hali daryodan o‘tmagan. Shuningdek, bu guruh shaharga janubdan yaqinlashib kelgani xabar qilingan. Rossiya mudofaa vazirligi rejasiga ko‘ra, hozirda Zaporojeda oldinga siljiyotgan guruh Xarkov va Axtirkada og‘ir janglar olib borayotgan (hozircha butunlay muvaffaqiyatsiz) qo‘shinlar bilan birlashadi. O‘shanda Ukrainaning Xarkov oblasti va Donbassdagi barcha jangovar qo‘shinlari qurshab olinadi.
- Azov dengizi sohillarida ham yana bir qurshov amalga oshirilishi mumkin. Ammo Mariupolga g‘arbdan (Qrim) tomondan yurish shaharga 50 kilometr qolganida to‘xtab qolgan. Ruslar 27 fevral kuni egallagan Berdyanskda mahalliy aholi shahar kengashi binosi oldida miting uyushtirdi - bu yerga Dog‘istondan Rosgvardiya jangchilari joylashtirilgan.
- Mariupoldan sharqdagi rus qo‘shini va DXR kuchlari shaharning shimoli-sharqiga yaqinlashib, shaharni shimoldan uzib qo‘yishga harakat qilmoqda. Lugansk oblastida Rossiya armiyasi va LXR kuchlari Schaste posyolkasini egalladi. Ularning keyingi nishoni — Severodonetsk, undan keyin — Slavyansk va Kramatorsk.
Urushning beshinchi kuni1, Xarkov1, Rossiya qo‘shinlari1, Tinch aholi1, Asirga tushgan1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi