Foto: «Kommersant’»
Rossiya Mudofaa vazirligi avgust oyida bo‘lib o‘tadigan «Armiya-2022» harbiy-texnik forumi doirasida birinchi Xalqaro antifashistik kongress o‘tkazadi. Bu haqda vazirlik rahbari Sergey Shoygu selektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kongress «zamonaviy dunyoda har qanday ko‘rinishda namoyon bo‘ladigan natsizm mafkurasiga, neonatsizmga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtirishga» chaqiradi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida mudofaa vaziri Rossiya armiyasi Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya»sini oldinga «qo‘yilgan maqsadlarga erishilgunga qadar» davom ettirishini ma’lum qildi.
«Biz uchun asosiysi Ukraina xalqidan mamlakatimizga qarshi kurashda foydalanishga urinayotgan G‘arb davlatlari tomonidan bo‘layotgan harbiy tahdiddan Rossiya Federatsiyasini himoya qilishdir», — dedi Shoygu.
Mudofaa vazirligi rahbari Rossiya Ukrainani bosib olmoqchi emasligi, «faqat harbiy ob’ektlarga va yuqori aniqlikdagi qurollar bilan» zarba berayotganini yana bir bor ta’kidladi.
«Armiya-2022» harbiy-texnik forumi 15—21 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Forumga 129 davlatdan delegatsiyalar va sanoat korxonalari taklif etilgan.
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisini himoya qilish, Ukrainani «demilitarizatsiya» va «denazifikatsiya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi. Kreml gap «harbiy salohiyatni zararsizlantirish» va «Ukrainani natsistlardan tozalash» haqida ketayotganini tushuntirdi. Putinning bayonotidan keyin Ukraina shaharlari bir necha bor o‘qqa tutildi. Rossiya Mudofaa vazirligi bunga aloqadorligini rad etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi