Foto: AP Photo
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi qurolli harakatlar uzoq davom etmasligiga umid qilishini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar bergan.
«Urushning uzoq davom etmasligiga ishongim keladi», — degan Ukraina davlat rahbari.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi keng qamrovli muzokaralar Rossiya Ukraina shaharlariga zarba berishdan to‘xtatganidan keyin davom etadi. Shuningdek, u Kiyev hamda Moskva o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi besamar yakunlanganini qayd etgan.
«Ukraina agar NATO eshiklarini Kiyev uchun yopadigan bo‘lsa, o‘z xavfsizligining huquqiy kafolatlarini talab qiladi», — deya ta’kidlagan Zelenskiy.
Zelenskiy alyans a’zolarini Rossiya aviatsiyasini to‘xtatish uchun Ukraina osmoni uzra parvozsiz hudud tashkil qilishga chaqirdi va bu NATOni Rossiya bilan nizoga aralashtirish emas, aksincha majburiy chora bo‘lishini aytgan.
Avvalroq internetda Xarkovdagi Ozodlik maydoniga yo‘llangan raketa hujumining videolari tarqalgan, Zelenskiy ushbu hujumni ochiqdan ochiq terror deb atagandi.
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisini himoya qilish, Ukrainani «demilitarizatsiya» va «denazifikatsiya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi. Kreml gap «harbiy salohiyatni zararsizlantirish» va «Ukrainani natsistlardan tozalash» haqida ketayotganini tushuntirdi. Putinning bayonotidan keyin Ukraina shaharlari bir necha bor o‘qqa tutildi. Rossiya Mudofaa vazirligi bunga aloqadorligini rad etmoqda.
Ukraina1, Vladimir Zelenskiy1, Donbass1, Vladimir Putin1, Xarkov1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?