Yevroparlament EIni Rossiya va Belarusni SWIFTdan toʻliq oʻchirishga chaqirdi

Yevroparlament EIni Rossiya va Belarusni SWIFTdan toʻliq oʻchirishga chaqirdi
Foto: RT
Yevroparlament deputatlari Rossiyaning Ukrainaga hujumi qoralangan rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qilishdi.

Rezolyutsiyada asosan quyidagilar koʻzda tutilmoqda:
- Yevroparlament deputatlari Yevropa Ittifoqini ushbu ittifoqqa a'zo boʻlish uchun Ukrainaga nomzodlik maqomini berishga chaqirishdi.
- Rossiyadan neft va gaz importini cheklash hamda barcha portlarni Rossiya kemalari uchun yopish.
- RFga qarshi sanktsiyalar kengaytirilishi va «iqtisodiyoti va harbiy-sanoat bazasining strategik kuchsizlanishi»ga qaratilishi kerak.
- Yevroparlament EIni Rossiya va Belarusni SWIFTdan toʻliq oʻchirishga chaqirdi.
- EI mamlakatlarida RFning diplomatik va konsullik vakolatxonalari sonini qisqartirish.
- Ukraina iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlash uchun koʻp milliardli yordam rejasi tayyorlash.
- RF va Belarusning harbiy va fuqarolik uskunalari uchun dasturiy ta'minot litsenziyalari amal qilishini toʻxtatish.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar