
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya harbiylari Ukrainaning Xerson shahrini toʻliq oʻz nazoratiga oldi, deya ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.
«Rossiya qurolli kuchlari boʻlinmalari Xerson viloyati markazini toʻliq nazoratga oldi», — dedi u.
Shuningdek, Zaporoje viloyatining Tokmak va Vasilevka shaharlari ustidan nazorat oʻrnatildi, deya qoʻshimcha qildi Konashenkov. Unga koʻra, maxsus operatsiya davomida Ukrainaning 1502 ta harbiy ob'ekti yaroqsiz holga keltirilgan, havodagi 11 ta va erdagi 47 ta samolyot, shuningdek, 472 ta tank va 46 ta dron yoʻq qilingan.
1 mart kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Rossiyaning Xersonga hujumi haqida xabar bergandi.
Oʻz navbatida, shahar meri Igor Kolyxaev shaharda «koʻplab portlashlar» sodir boʻlganini, rus harbiylari «koʻchalar boʻylab harakatlanayotgani, okoplar tayyorlab, mudofaalanayotgani», shuningdek, ular temir yoʻl vokzali va portni egallab olgani haqida aytgan.
Rossiya harbiylari1 Ukrainaning Xerson shahri1 O‘z nazoratiga oldi1 Tokmak1 Vasilevka1 Rossiya va Ukraina urushi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar