
Foto: Reuters
Ukraina Rossiya bilan muzokaralarning yangi raundiga tayyor, ammo qachon boʻlib oʻtishini bilmaydi, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba. U Kiev diplomatiyaga tayyorligini, ammo Moskvaning ultimatumlari qabul qilinmasligini aytdi.
«Muzokaralarning birinchi raundi boʻlib oʻtdi. Rossiyaliklarning talablari oʻzgarmayapti – bular Putin oʻz murojaatida aytgan talablar»,— dedi Kuleba.
«Biz muzokaralarga, diplomatiyaga tayyormiz, ammo aslo Rossiyaning ultimatumlarini qabul qilishga tayyor emasmiz»,— deya qoʻshimcha qildi u.
Kulebaning soʻzlariga koʻra, yangi muzokaralar qachon oʻtkazilishi hozircha noma'lum.
Avvalroq, Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich Rossiya bilan muzokaralarning ikkinchi raundi 2 mart kuni kechqurun oʻtkazilishini aytgandi. Uchrashuv oʻtkazilishini Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqlagan.
Ukraina tashqi ishlar vaziri1 Rossiyaning ultimatumlari1 Muzokara1 Yangi muzokaralar1 Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!