
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi Belovej pushchasida boʻlib oʻtadi. Aynan shu erda 1991 yilda SSSRga nuqta qoʻygan kelishuvlar imzolangan, dedi RIA Novosti manbasi.
Rossiya delegatsiyasi muzokaralar joyiga etib keldi.
Ukraina delegatsiyasi bugun keladi, dedi RF delegatsiya rahbari Vladimir Medinskiy. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya harbiylari Kievdan keladigan delegatsiya uchun xavfsizlik koridorini taqdim etdi. Ular ertaga ertalab Belarusdagi muzokaralar oʻtkaziladigan joyga etib boradi.

“Ertangi muzokaralarda oʻt ochishni toʻxtatish masalasi ham muhokama qilinadi”, - dedi Rossiya delegatsiyasi rahbari Medinskiy.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Kiev bilan qator yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamfikrlikka erishgan.
Rossiya-Ukraina muzokaralari1 Muzokaralar 2-raundi1 Vladimir Medinskiy1 Rossiya delegatsiyasi1 Ukraina delegatsiyasi1 Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!