Og‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Oleksandr Usik Kiyev hududi mudofaasiga nima uchun qo‘shilgani va qachon ringga qaytishi borasida aytib o‘tdi.
- "Agar ular meni va yaqinlarimni hayotini olmoqchi bo‘lsa, men ham shunday qilishga majbur bo‘laman. Lekin buni xohlamayman. O‘q otishni, kimdirni o‘ldirishni istamayman, ammo meni o‘ldirishga harakat qilishsa, boshqa tanlovim qolmaydi.
Balki bu sentimental gapdek tuyulishi mumkin, lekin mening ruhim Xudoga tegishli, tanam va sha’nim esa yurtim, oilamniki. Shunday ekan qo‘rquv yo‘q, hech qanday. Faqatgina hayrat bor — XXI asrda bunday holat qanday sodir bo‘lishi mumkin? Rossiyaliklar bu yerda aslida nimalar bo‘layotganini bilmaydi. Ular buni ko‘rmayapti.
Qachon ringga qaytishimni aniq bilmayman. Vatanim va sha’nim chempionlik kamaridan ko‘ra muhimroq.
Havo hujumi boshlanganda yashirinamiz. Albatta, ko‘pchilik bo‘lsak, zavqlanamiz. O‘zimizni zavqlanishga majburlayapmiz. Farzandlarimiz uchun yaxshi kayfiyatda bo‘lishga harakat qilamiz", - Oleksandr Usik.
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi. Ayni vaqtda Ukrainaning qator hududlarida harbiy harakatlar davom etmoqda.
Oleksandr Usik1, Kiyev mudofaasi1, Og‘ir vazn toifasi1, WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda