
Oleg Deripaska.
Foto: RBK
Rossiyalik tadbirkor, milliarder Oleg Deripaska G‘arb bilan munosabatlar yomonlashib borayotgan bir sharoitda e’tiborni Osiyo bilan tashqi aloqalarga qaratish kerakligini ta’kidladi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Deripaska poytaxtni mamlakat sharqiga ko‘chirish orqali Sharqiy Sibir infratuzilmasini rivojlantirish zarur, dedi.
«Rossiya manfaatlari kelgusida Osiyoda ifodasini topishiga avvaldan ishonchim komil edi. Bu yerda, yonginamizda yillik $18 trillionlik iqtisodiyot — Xitoy bor. Boshqa raqamlarni ayirib tashlasangiz, bu Yevropadagidan ancha katta», — dedi u Krasnoyarskda o‘tgan iqtisodiy forumda.
«Boshqarish tizimini almashtirish kerak. Doim aytganman: balki buni utopiya deb o‘ylarsiz, agar manfaatlarimiz Osiyoda bo‘lsa, unda Moskvadagi poytaxt bizga nega kerak? ...
Mayli, poytaxtni ko‘chirishga tayyormasdirmiz, hech bo‘lmasa boshqaruvning bir qismini bu yerga (Sibir nazarda tutilmoqda — tahr.) beraylik. Yangi banklar, yangi moliya institutlari yaratiladi. Oddiy narsalar uchun ham Moskvaga uchaverishdan nima ma’no», — dedi u.
Milliarder Ukrainadagi voqealar ortidan Rossiyani kamida uch yillik juda og‘ir inqiroz kutayotganini ham ta’kidlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar