18:30 / 06.03.2022
1 989

Rossiya Ukrainaning 2,2 mingta harbiy ob’ekti yo‘q qilinganini aytmoqda. Ukraina esa Rossiyaning...

Rossiya Ukrainaning 2,2 mingta harbiy ob’ekti yo‘q qilinganini aytmoqda. Ukraina esa Rossiyaning...
Rossiya Mudofaa vazirligi «maxsus operatsiya» davomida Rossiya qo‘shinlari «Ukraina harbiy infratuzilmasining 2203 ta ob’ektini ishdan chiqargani» haqida xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, havodagi 24 ta va yerdagi 69 ta samolyot, 778 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar yo‘q qilingan.

O‘z navbatida, Ukraina Bosh shtabi urush boshidan buyon 11 mingdan ortiq rossiyalik askar halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ukraina tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasining yo‘qotishlari 285 ta tank, 985 ta zirhli texnika, 44 ta samolyot va 48 ta vertolyotni ham tashkil etgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasining yo‘qotishlari haqida operativ rejimda xabar bermayapti. Vazirlik qurbonlar soni haqidagi ma’lumotni faqatgina 2 martga kelib e’lon qilgan. Unda aytilishicha, 498 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan, 1597 nafari yaralangan.

Urush sharoitida nizoning u yoki bu tomonidan rasmiy vakillar tarqatgan ma’lumotlarni tezda tekshirishning imkoni yo‘q.

5 mart kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainadagi urush vaqtida kamida 351 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgani, 707 nafar odam yaralangani haqida hisobot bergandi.

Ukraina shaharlarida o‘n kundan buyon o‘t ochishlar davom etmoqda. 27 fevral kuni Ukraina Rossiya ustidan Xalqaro sudga rasman da’vo arizasini bergandi. Unda o‘z tajovuzini oqlash maqsadida genotsid tushunchasini buzib ko‘rsatgani uchun Rossiyani javobgarlikka tortish talab qilingan. 3 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Ukrainadagi vaziyat yuzasidan tergovni boshladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukrainaning 2,2 mingta harbiy ob’ekti yo‘q qilinganini aytmoqda. Ukraina esa Rossiyaning...