date
views 5 132

Moskvalik ruhoniy Ukraina, Qozogʻiston va Moldova Rossiyaga qoʻshilishidan gap ochdi

Moskvalik ruhoniy Ukraina, Qozogʻiston va Moldova Rossiyaga qoʻshilishidan gap ochdi
Rus pravoslav cherkovi ruhoniysi, protoierey Artemiy Vladimirov Ukrainada kechayotgan urushga munosabat bildirdi. Moskvadagi ayollar monastirida, ibodat uchun kelgan jamoat qarshisida nutq irod qilgan ruhoniy Gʻarbni neofashizmda aybladi.

Ruhoniy Rossiya Ukrainada Evropani fashizmdan ozod qilish uchun muqaddas urush olib borayotganini iddao qilgan. U oʻz chiqishida bir necha postsovet respublikasi Rossiyaga qoʻshilishidan ham gap ochgan.

«Umid qilamizki, yaqin fursatda bizga Moldova, Qozogʻiston va baxtiqaro Ukraina qoʻshiladi. Sanktsiyalar joriy etishdan bosh tortgan Gruziya ham yoʻlda», – degan ruhoniy.

Protoierey Boltiqboʻyi mamlakatlarini slavyanlarga qarshi qurol etkazishda vositachilikda ayblagan. U, shuningdek, Ukrainadagi urushni toʻxtashni talabi bilan chiqayotgan hamkasblari – ruhoniylarni ham tanqid qilgan.

Ruhoniy Artemiy Vladimirov Rossiya yozuvchilar uyushmasi a'zosi, oliy toifadagi pedagog va professor sanaladi. Ochiq manbalarga koʻra, u Strategik ahamiyatli raketa qoʻshinlari akademiyasida fakulteti dekani oʻrinbosari vazifasida ham faoliyat yuritadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvalik ruhoniy Ukraina, Qozogʻiston va Moldova Rossiyaga qoʻshilishidan gap ochdi