Foto: Reuters
Moldova NATOga a’zo bo‘lishni rejalashtirmagan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Natalya Gavrilitsa Euronews telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Konstitutsiyamizda mamlakatimiz neytrallik tamoyilida bo‘lishi yozilgan. Biz YEI tarkibiga kirmoqchimiz, ammo NATOga a’zo bo‘lishga intilmaymiz”, dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova Yevropa ittifoqiga kirish standartlariga mos bo‘lish uchun barcha zarur talablarni bajarishga tayyor.
3 mart kuni Moldova prezidenti Mayya Sandu mamlakatning Yevroittifoqqa kirish uchun arizasini imzolagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova YEIga kirish yo‘lida yetarlicha natijaga erishganidan so‘ng mamlakatning MDHdan chiqib ketishi masalasi ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi