Foto: «Esquire»
Telegram asoschisi Ukrainadagi vaziyat va Rossiyadan nega ketgani haqida yozdi.
Agar postlarimni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, ona tomondan shajaram Kiyevga borib taqalishini bilasiz. Onamning qizlik familiyasi Ivanenko — ukraincha, hozir ham Ukrainada yashayotgan qarindoshlarimiz ko‘p. Shuning uchun ham fojiali nizo o‘zim va Telegram uchun shaxsan ahamiyatga ega.
«Ayrim odamlar savol tashlashibdi: men qachonlardir Rossiyada yashaganim bois Telegram ukrainaliklar uchun xatarli emasmi? Keling, yaxshisi, Rossiyadagi kareram qanday tugaganini ularga aytib bera qolay», — deb yozdi u.
To‘qqiz yil ilgari Rossiya va Ukrainadagi eng katta ijtimoiy tarmoq —«VKontakte»ning bosh direktori edim. 2013 yili FXX (Federal xavfsizlik xizmati — tahr.) mendan rossiyaparast prezidentga qarshi norozilik bildirgan ukrainalik VK foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini berishni talab qildi.
«Men rad etdim, chunki bu ukrainalik foydalanuvchilarimizga nisbatan xoinlik bo‘lardi. Shundan so‘ng o‘zim asos solgan kompaniyadan haydashdi va men Rossiyadan ketishga majbur bo‘ldim», — qo‘shimcha qildi Durov.
O‘z kompaniyam, uyimdan ajraldim, biroq hozir ham hech ikkilanmasdan shunday qilardim. O‘zim «VKontakte»da 2014 yil aprelida joylagan FXXning skanerlangan o‘sha buyrug‘i va unga kapyushonli it ko‘rinishidagi «firmenniy» javob-postimni o‘qisam hanuz g‘ururlanaman.
«FXXning talabini bajarmaslik o‘ta qaltis ish bo‘lgandi. O‘zim Rossiyada yashardim, jamoam va eski kompaniyam ham shu mamlakatda joylashgandi», — dedi Durov.
«Bu voqealarga ancha bo‘ldi. Ko‘p narsa o‘zgardi: endi Rossiyada yashamayapman, u yerda kompaniyam ham, xodimlarim ham yo‘q. Ammo bir narsa o‘zgarmaydi: nima bo‘lishidan qat’i nazar, men doim foydalanuvchilarimiz tomonidaman. Ularning shaxsiy hayot huquqi muqaddas. Ayniqsa, hozir, har qachongidanda muhim».
Pavel Durov1, Ukrainadagi vaziyat1, Rossiyadan ketish1, VKontakte1 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi