15:25 / 11.03.2022
2 419

Shoygu Yaqin Sharqdan 16 ming ko‘ngilli Donbassda jang qilishga tayyorligini aytdi

Shoygu Yaqin Sharqdan 16 ming ko‘ngilli Donbassda jang qilishga tayyorligini aytdi
Foto: «TASS»
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, Yaqin Sharqdan 16 mingga yaqin ko‘ngilli «ozodlik harakati»da ishtirok etish uchun Lugansk va Donetsk xalq respublikalariga kelish istagini bildirgan. Bu haqda Shoygu Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida bayonot berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shoyguga ko‘ngillilarning «jangovar harakatlar zonasiga» yetib borishida yordam berishni buyurdi va bunga argument sifatida G‘arb davlatlari «har qanday xalqaro huquq normalariga» zid ravishda Ukrainaga «yollanma askarlar» yuborayotganini aytdi.

Bundan tashqari, Putin Shoyguning havo hujumidan mudofaa va tankka qarshi raketa tizimlarini, shuningdek, qo‘lga kiritilgan Ukraina va G‘arb qurollarini, jumladan, Javelin va Stinger komplekslarini DXR va LXRga o‘tkazish haqidagi taklifini ma’qulladi.

Rossiyaning Ukrainadagi urushga suriyalik yollanma askarlarni yuborish rejalari haqida 6 mart kuni The Wall Street Journal nashri AQSH hukumatidagi manbalarga tayanib xabar bergandi. Manbalarga ko‘ra, gap ko‘cha sharoitida jang qilish tajribasiga ega jangchilar haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avval Ukraina Rossiya bilan urushda qatnashish uchun xorijlik ko‘ngillilar yollanayotgani haqida xabar bergandi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaga ko‘ra, 52 davlatdan 20 ming kishi Ukrainaga ko‘ngilli ravishda kelgan. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shoygu Yaqin Sharqdan 16 ming ko‘ngilli Donbassda jang qilishga tayyorligini aytdi