1 911
«Gumanitar falokat jumlasi Rossiya Federatsiyasi bilan sinonim bo‘lib qoldi» – Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrainaliklariga qilgan navbatdagi videomurojaatida «gumanitar falokat» jumlasi boshqa bir ikki so‘z «Rossiya Federatsiyasi»ning sinonimiga aylanib qolganini ta’kidladi.
- "O‘tgan tunda va tongda bosqinchilar, o‘zlarining so‘zlariga ko‘ra, Chernigovadagi suv quvurini quroldan tozalash ishlarini olib borgan. Shahar suvsiz qolgan. Suv ta’minotini tiklash uchun barcha choralarni ko‘ramiz. Sumsk, Kiyev, Donetsk viloyatlarining ayrim qismlari doimiy havo zarbalari tufayli elektr ta’minotidan uzilgan, isitish, gaz, suv borasida ham muammolar mavjud. Bu gumanitar falokat", - dedi Vladimir Zelenskiy.
Shuningdek, Zelenskiy Rossiya hukumatining Suriyadan ko‘ngillilarni Ukrainaga olib kelib urushga jalb qilish borasidagi rejalariga munosabat bildirgan.
- "Rossiya qo‘shinlari ukrainaliklarga mana shunaqa munosabatda bo‘lmoqda. Donbassga e’tibor ham shunday, ular rus tilida so‘zlashadigan odamlarga Moskvaning «himoyasi» haqida gapirishgan, «olamga jar solishgandi». Raketalar, aviabombalar, artilleriya. Ana endi hududda kim qaysi tilda so‘zlashayotganini, qaysi cherkovga borayotgani, qaysi partiyaga ovoz berganini umuman farqlamaydigan suriyalik yollanma jangchilar urushga kirishi mumkin. Ular urushga, begona zaminga «o‘ldirish» uchun keladi", - dedi Vladimir Zelenskiy. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi