Foto: Rossiya prezidentining matbuot xizmati
Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Belarus davlat rahbari Aleksandr Lukashenko o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvi 5 soat davom etdi. Muzokaralarning eng asosiy mavzularidan biri Ukrainadagi vaziyat muhokamasi bo‘ldi, deb yozmoqda «Kommersant’».
Uchrashuvda Aleksandr Lukashenko Belarusga go‘yoki Ukraina tomonidan hujum tayyorlangani, shu sababli ham ularning pozitsiyalariga zarbalar berilgani haqida gapirdi. Lukashenko bu boradagi tegishli dalillarni Rossiya prezidentiga xaritadan ko‘rsatishni va’da qildi.
«Ha biz siz bilan vertolyotda o‘tirganimizda doimiy ravishda hisobot berib borishdi. Hozir men sizga Belarusga aynan qaysi tomondan hujum tayyorlanganini ko‘rsataman. Operatsiyadan olti soat avval pozitsiyalarga xavfsizlik ogohlantirish zarbalarini berdik, hozir o‘zim bilan olib kelgan xaritadan ko‘rsataman, ular bizning, ya’ni Belarus va Rossiyaning o‘quv mashg‘ulotlarida bo‘lgan qo‘shiniga hujum qilgan. Urushni biz yuzaga keltirmadik, vijdonimiz toza. Yaxshiyam uni boshlab oldik»,— deya Lukashenko so‘zlaridan iqtibos keltirgan Kreml rasmiy sayti.
Shuningdek, Lukashenko yarim yildan keyin odamlarning iqtisodiyot tomonidan nimalar bo‘lganini yodidan chiqarishini, ushbu qiyinchiliklarning vaqtinchalik ekanini qayd etgan.
Vladimir Putin bunga javoban hozirda iqtisodiyotga kuchli zarba berilayotgani, ammo so‘nggi yillarda g‘arb Rossiya va Belarusga qarshi joriy etgan taqiqlardan keyin ushbu ikki mamlakat yangi va eski texnologik vakolatlarni qayta tiklaganini bildirgan hamda belaruslik hamkasbiga bu borada fikr almashishni taklif etgan. Uchrashuvning qolgan qismi yopiq eshiklar ortida o‘tgan.
Путин, Лукашенко, Кремлдаги учрашув, Украинадаги вазият муҳокамаси “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi