
Iroq Kurdistonidagi Erbil shahrida joylashgan AQSH konsulligi ballistik raketalardan o‘qqa tutildi. Bu haqda «Kurdiston 24» mahalliy telekanali xabar bermoqda.
AQSH havo kuchlari mintaqadagi vaziyatdan ogohlantirilgani xabar qilingan. Iroq ommaviy axborot vositalari hujum olti ballistik raketa bilan amalga oshirilganini taxmin qilmoqda.
Videotasvirlarga ko‘ra, bir necha portlashlar bo‘lgan – bu ma’lumotni keyinchalik mahalliy gubernator Omed Xoshnav ham tasdiqlagan. Raketa zarbasi qo‘shni Erondan bo‘lgani aytilmoqda.
Mahalliy aholi va AQSH diplomatlari, harbiylari orasida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q, deya yozadi Reuters. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar